«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Real» 32 yil ichidagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda

La Liga 34-turi doirasida «Real» «Atletik» (1:0) ustidan g‘alaba qozonib, ketma-ket 4-o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi. 

Opta‘ning yozishicha, «Real» o‘tkazib yuborilgan gollari soni bo‘yicha so‘nggi yillardagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda. Madridliklar o‘tgan 34 turda o‘z darvozalaridan 21ta gol o‘tkazib yuborishgan. Bu 1987/88 yilgi mavsumdan keyingi jamoaning eng yaxshi natijasidir. O‘shanda «Real» darvozasiga 34 o‘yinda 20ta gol kiritilgan.

Ma’lumot uchun, «Real» asosiy ta’qibchisi «Barsa»dan 4 ochko ko‘p jamg‘arib, La Liga yakuniga 4 tur qolayotganda peshqadamlik qilmoqda.

Comments are closed.