«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Namanganda yo’llarga shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizilmoqda

Xo‘sh bu chiziqlar nima uchun chizilmoqda?

Bugungi kunda charchoq holatida transport воситасини boshqarib, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yib harakatlanayotgan haydovchilar ko‘plab uchramoqda. Ushbu haydovchilar tomonidan turli ko‘rinishdagi yo‘l-transport hodisalari ham sodir bo‘layotganligi hech kimga sir emas. 

Toshkent viloyatida chizilgani kabi Namangan вилояти yo‘llarida ham haydovchilarni hushyorlikka chaqiruvchi shovqin chiqaruvchi termoplast yo‘l chiziqlari chizilmoqda.

Yo‘lda harakatlanib kelayotgan haydovchilar ushbu chiziqlar ustidan harakatlanib o‘tgan vaqtida shovqin yuzaga keladi va charchagan haydovchi shovqinni eshitib yetarlicha sergaklanadi.

Bu chiziqlar faqatgina yo‘l-transport hodisalari oldini olish maqsadida chizilgan bo‘lib, sinov tariqasida qo‘llanilmoqda.

Manba: zamon.uz

Comments are closed.