«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Lalmikor yerdan unumli foydalanayotgan fermer

Lalmikor yerga mehr berib ishlov bergan hamda oshig’i bilan hosil olgan mehnatkash fermer har qanday yuksak ta’rifga munosibdir.
Qamashi tumanida tashkil etilgan «Mamarayim o’g’li Choriyor» fermer xo’jaligi rahbari Choriyor Haydarov ana shunday fermerlar qatoriga kiradi. 2019 — yilda o’z faoliyatini 70 gektar yer maydoni bilan boshlagan Choriyor aka yerning 60 gektariga arpa, 10 gektariga kunjut hamda kechpishar tarvuz ekib, har yili rejani oshig’i bilan bajarib kelmoqda. U 140 metrdan quduq qazdirib, lalmikor yerga suv chiqarib obod qilgan. Choriyor aka faqatgina dehqonchilik bilan cheklanib qolmay, o’z faoliyatini kengaytirishni maqsad qildi, hamda 30 million kredit olib, chorvachilik tarmog’ini ham yo’lga qo’ydi.
Choriyor aka bilan suhbat qurganimizda, ularning kelajakda qanday rejalari borligi haqida so’radik. Ammo hazilkash fermer akamiz kelgusi rejalarini eshitishimiz uchun hali alohida kelishimizni kulib aytdilar. Biz keyingi safarlarimizda bu xususda yana batafsil to’xtalamiz.

Aziza RAVSHANOVA

Comments are closed.