«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Yangiyo‘ldagi qo‘shma korxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 25-iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Qirsadoq» MFY, Toshkent shox ko‘chasida joylashgan «Global Comsco Daewoo» MChJ qog‘oz ishlab chiqarish Koreya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 36 ta yong‘in-qutqaruv guruhi tezkorlik bilan hodisa joiyga yetib borgan. Birlamchmi ma’lumotlarga ko‘ra, korxona ichidagi 5000 kv.m maydonda yong‘in kelib chiqqan. Ayni vaqtda alanga o‘rab olinib, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Shuningdek, yong‘inni bartaraf etish uchun hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar FVB boshliqlari, tuman hokimligi yetib borgan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda o‘t o‘chirish ishlari davom etmoqda.

XABAR.UZ

Comments are closed.