«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O’zbekistondagi bozorlarda oziq-ovqat narxlari ma’lum qilindi

Davlat statistika qo’mitasi 23 iyunь kuni O’zbekistondagi dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o’rganib chiqdi va o’tkazilgan kuzatuv natijalari bo’yicha mahsulotlarning minimal-maksimal narxlarini keltirdi. Unda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do’konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mol go’shti (suyaksiz go’shtidan tashqari) 38 000 so’mdan 65 000 so’mgacha (kilogramm)

1 kilogramm mol go’shtining (suyaksiz go’shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (38 000 so’m). Mol go’shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatilgan (65 000 so’m).

Qo’y go’shti 39 000 so’mdan 75 000 so’mgacha (kilogramm)

1 kilogramm qo’y go’shtining minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so’m) ro’yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (75 000 so’m) kuzatilgan.

Kartoshka 1000 so’mdan 5500 so’mgacha (kilogramm)

1 kilogramm kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori»da qayd etilgan (1000 so’m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5500 so’m) kuzatilgan.

Piyoz 750 so’mdan 3000 so’mgacha (kilogramm)

1 kilogramm piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (750 so’m) ro’yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3000 so’m).

Sabzi 1 000 so’mdan 4 500 so’mgacha (kilogramm)

1 kilogramm sabzining minimal narxi Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg’ona shahrining «Markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1000 so’m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (4500 so’m) kuzatilgan.

Tuxum 5000 so’mdan 13 000 so’mgacha (10 dona)

10 dona tuxum mahsulotining minimal narxi Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori»da, Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da qayd etilgan (5000 so’m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (13 000 so’m).

Guruch 4500 so’mdan 18 000 so’mgacha (kilogramm)

1 kilogramm guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da ro’yxatga olingan («Nukus 2» navli guruch 4500 so’m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatilgan («Lazer» navli guruch 18 000 so’m).

O’simlik yog’i 8400 so’mdan 14 500 so’mgacha (litr)

1 litr o’simlik yog’ining minimal narxi Toshkent shahrining «Eski Jo’va dehqon bozori», «Qo’yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog’i 8400 so’m) kuzatilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (kungaboqar yog’i 14 500 so’m) qayd etilgan.

Shakar 5800 so’mdan 7000 so’mgacha (kilogramm)

1 kilogramm shakar mahsulotining minimal narxi Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori»da, Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da, Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski Jo’va dehqon bozori» va «Qo’yliq dehqon bozori»da (5800 so’m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (7000 so’m) kuzatilgan.

Eslatib o’tamiz, O’zbekistonda 15 iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilgan edi. Toshkentda 16 iyundan boshlab ko’plab bozorlar, jumladan, «Abu Saxiy» buyum bozori («Toshkent savdo markazi») va Sergelidagi mashina bozori («Iste’molda bo’lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» kompaniyasi) ishga tushdi.

EFFECT.UZ

Comments are closed.