«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O’RTA ASRDA JONIVORLARNI HAM SUDGA BERIShGAN

O’rta asrlarda jonivorlarni, qurt-qumursqalarni, hatto, o’simliklar, sabzavotlarni sudga berish odatiy hol sanalgan. Sud uchun odam ham, jonivor ham bir xil bo’lgan.

Masalan, 1120 yili dala sichqonlari ustidan sud jarayoni bo’lib o’tgan. Aytishlaricha, sichqonlar dehqonlar yil bo’yi yetishtirgan donlarni yeb bitirayotgan ekan. Sudya ishni to’liq o’rganib chiqib, sichqonlarni qarg’ab yuborish haqida hukm e’lon qilgan.

O’n to’rtinchi asrda Shveysariyaning Kura shahrida yashovchilar oq qurtlarni sudga bergan. Ammo oq qurtlar sud jarayoniga kelmagan. Sudya esa ularning ishtirokisiz sud jarayonini boshlagan. Ular tirik jon ekani hisobga olinib, oq qurtlarning barchasi uchun qalin o’rmon chetidan joy ajratish haqida hukm e’lon qilingan.

1545 yili yana Shveysariyada qo’ng’izlar ustidan sud majlisi bo’lib o’tgan. Ularni ham maxsus joy ajratib, o’sha yerga ko’chirish haqida hukm chiqarilgan.

1313 yili esa Fransiyada buqa bir erkakni suzib o’ta jiddiy jarohat yetkazgani sababli sudya uni o’limga mahkum etgan. Qatl buqani osish orqali amalga oshirilgan.

1540 yili Ispaniyaning Chemaran shahrida kuya sud qilindi. U birovning juda qimmat turadigan junli kiyimini yeb rasvo qilgan ekan. Sudya kuyaning boshini tanasidan judo qilish haqida hukm chiqardi. Hukmga ko’ra yana boshqa kuyalar mamlakatdan chiqarib yuborilishi belgilab qo’yildi.

HORDIQ.UZ

Comments are closed.