«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Monako» yetakchi futbolchilaridan ajraldi

«Monako» klubi 6 nafar futbolchisi bilan xayrlashganini e’lon qildi.

Darvozabonlar Diyego Benalo va Seydu Si shartnomasi muddati tugagani tufayli klubni tark etishdi. Aynan shu sababga ko‘ra yarimhimoyachi Mussa Silla ham jamoadan ketdi.

Ijarasi muddati tugagan yarimhimoyachilar Temue Bakayoko «Chelsi»ga, Adriyen Silva va hujumchi Islom Slimani «Lester»ga qaytadigan bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining 2019/20 mavsumi koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan oldin yakunlandi. «Monako» 40 ochko bilan 9-o‘rinni egalladi.

Avvalroq klubning moliyaviy ahvoli qiyin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

TRIBUNA.UZ

Comments are closed.