«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Islohotlar sari

Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini 2013-yilda tashkil topgan bo’lib, 4182 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi tomorqa va chorvachilik bilan shug’ullanadi.
Karantin davrida 74 ta oilaga “Saxovat va ko’mak” harakati tomonidan kerakli homiylik yordamlari berilgan. Shuningdek, mahallada shlaka-blok g’ishtlari ishlab chiqarish va pishiriq pishirish sexlari faoliyat yuritmoqda. Pandemiya davrida ishsiz qolgan 13 nafar fuqaro jamoatchilik ishlari bilan band qilingan. Tikuvchilik sexida 10 nafar aholi ishlaydi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga kiyim-bosh tarqatilgan. Kam ta’minlangan bitta oilaga homiylar tomonidan moddiy yordam berilgan, 2 ta oilaning ajrim ishlari yumshatilib, ular yarashtirilgan.
2019-yilda 7 ta oilaga parrandachilik mahsulotlari, shuningdek, pech va gaz mahsulotlari berilgan. Mahalla mutasaddilarining tashabbusi bilan yangi ko’chalar asfalt qilindi, suvsiz joylarga vodoprovod quvurlari chiqarildi. Elektr tarmog’i yo’q ko’chalarga yangi transformator o`rnatildi.

Durdona ABDURASULOVA,
Teleradio.uz sayti muxbiri

Comments are closed.