«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Leno va Martinelli qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum qilindi

APL doirasida «Brayton»ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan «Arsenal» darvozaboni Bernd Leno tibbiy tekshiruvdan o‘tdi, deya yozadi Goal.

Tahlillarda aniqlanishicha, jamoa darvozaboni Bernd Lenoda taxmin qilingan jarohat u qadar jiddiy chiqmadi. U uzog‘i bilan 6 haftada safga qaytishi mumkin. Avvalroq uning bir yil muddatgacha safdan chiqishi mumkinligi aytilgandi.

Jamoa mashg‘ulotlari davomida shikastlangan jamoa hujumchisi Martinellining jarohati esa jiddiyroq bo‘lib chiqdi. U mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. Dastlabki tekshiruvlar futbolchining tizzasi shikastlanganligini ko‘rsatgan. Braziliyalik forvard yaqin orada navbatdagi tekshiruvlardan o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli Martinelli ushbu mavsumda London klubi safida 14 o‘yinda maydonga tushib, 3ta golga mualliflik qilgan.

tribuna.uz

Comments are closed.