«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Jahonning birinchi raketkasi koronavirusga chalindi

Jahonning birinchi raqamli raketkasi serbiyalik Novak Jokovich koronavirus infeksiyasiga chalindi.

Tennischining oila a’zolari ham koronavirusga test topshirgan: Jokovich xonimning natijasi ijobiy chiqqan, bolalarda esa virus aniqlanmagan.

«Biz Belgradga kelganimizda biz koronavirusga test topshirdik», — dedi 33 yoshli u hech qanday alomatlar ko‘rinmaganini qo‘shimcha qilib — «Mening natijam ijobiy, xuddi Yelenaniki (rafiqasi) kabi, bolalarimizniki esa salbiy».

Shuni ta’kidlash kerakki, koronavirus pandemiyasi paytida Jokovich xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasdan tennis musobaqasini tashkil qildi. Ushbu tadbirdan so‘ng, tashrif buyurgan odamlarda bir nechta kasallanish holatlari qayd etildi.

sof.uz

Comments are closed.