«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Ko’chada uxlayotgan «e’tiborsizlik». Bu holatga kim mas’ul?

Hozirgina bizga kelgan ma’lumotlarga ko’ra G’uzor tumanidagi markaziy ko’chalardan birida ya’ni Buyuk karvon MFY hududida shundoqqina yo’l yoqasida daraxtlar soyasida bemalol uxlayotgan odam suratini ko’rishingiz mumkin. Bu akamiz yozning issiq havosida charchab holdan toyib uxlab qoldimikin, yoki u kishiga tibbiy yordam kerakdir? Bu holatni mahalla aholisi yoki shu yerdan o’tib turgan mashina xaydovchilari ko’rishmadimikin? Bu sharmandali holatga kim javobgar?

Ha aytgancha, soya-salqin joy yaqinida pivoxona ham bor ekan, balki bu akamiz shu yerdan chiqib uxlashga kirgandir bu esa bizga qorong’u?

HUDUD VAKILLARIDAN JAVOB KUTIB QOLAMIZ…

24.06.2020

Telaradio.uz Adham MAVLONOV

Comments are closed.