«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Zidan Ramosning jarohati haqida ma’lumot berdi

La Liga 30-turidan o‘rin olgan «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinda «Real» sardori Serxio Ramos jarohat oldi. 50-daqiqada penaltidan hisobni ochgan Ramos 60-daqiqada jarohat sabab maydonni tark etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ramosning tizzasi lat yegan. Madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ramosning salomatligi haqida ma’lumot berdi: «Uning tizzasi og‘riyapti. Umid qilamiz, bu shunchaki lat yeyish bo‘lgan», dedi murabbiy San-Sebastyandagi o‘yindan keyin.

Shu kuni Ramos La Ligadagi butun faoliyati davomida 68-golini urdi va chempionat tarixida eng ko‘p gol urgan himoyachilar ro‘yxatida sobiq «Barselona» futbolchisi Ronald Kumanni ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu borada «Real»ning sobiq sardori Fernando Yerro yetakchi. Uning hisobida 105ta gol bor.

tribuna.uz

Comments are closed.