«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Yana 43 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi – O‘zbekiston

2020 yil 22 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6358 (+43) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 43 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4377 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 1962 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 3 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

sof.uz

Comments are closed.