«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Kecha O‘zbekistonda 189 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 17 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5682 (+44) nafarni tashkil etmoqda.  
 
Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 7 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 5 nafari aholi orasida), 5 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha mamlakatimizda 189 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 169 nafari Karantin muassasalarida, 13 nafari aholi orasida (shundan 5 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Buxoro viloyatida, yana 3 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Surxondaryo viloyatida), qolgan 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 
 
Avval xabar qilganimizdek, bugun 35 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 31 nafari Toshkent shahridagi, 4 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 28 636 nafar, statsionar karantinda esa 22 055 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 

sof.uz

Comments are closed.