«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qamashi tumani: ko’zlangan maqsadlarga erishilmoqda

Bugungi murakkab davrda yurtimizning ertangi istiqboli ko’p jihatdan mahalla bilan bog’liqdir. Agar hamma vatandoshlarimiz birgalikda yakdil, bir tanu bir jon bo’lib harakat qilishsa, barcha ko’zlangan maqsadga yetishimiz mumkin. Shu boisdan 2020-yil 18-fevral kuni mamlakatimizda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Ushbu vazirlikka juda keng vakolatlar berilganidan ko’rinib turibdiki, davlatning asosiy mexanizmidan biri sifatida mahallaga e’tibor qaratilmoqda. Ayni kunlarda Qamashi tumanidagi «Mang’it» MFYda qanday ishlar olib borilayotganligi bilan qiziqdik. Hozirda ushbu mahalladagi 1860 ta xonadonda 7063 kishi istiqomat qilishadi. Shulardan 3393 nafari xotin-qizlar, 3670 tasi esa erkaklardir. Ulardan 22 nafari boquvchisidan ayrilgan bo’lsa, 3 tasi esa hech kimi yo’q qariyalardir. Mazkur hududda ikkita maktab, bitta bog’cha mavjuddir.
Mahalla raisi Sardor Abdullayevning ta’kidlashicha, 2019-yilda ushbu hududda ajrimlar soni 4 tani tashkil etgan. Shuningdek, mahallada ko’proq band bo’lmagan fuqorolar uchun mavsumiy ishlarning mavjudligi jaoatchilik asosida olib borilmoqda. 10 kishining tushligiga doimiy osh taomi berilgani, hamda 12 ta kam ta’minlangan oila borligi qayd etib o’tildi. Karantin davrida ushbu hudud 3 marta dizenfeksiya qilingan.
“Saxovat va ko’mak” aksiyasi doirasida 59 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgan. Shu bilan birga kam ta’minlangan 12 ta oilaga chorva mollari berilgan. Ishbilarmon aholining aksar qismi, bo’sh yotgan yerdan unumli foydalanish maqsadida, 22 ta issiqxonalar barpo etishgan. U yerda pomidor va bodiring mahsulotlari yetishtirilmoqda. Ancha vaqtdan buyon qarovsiz yotgan Buyuk Turon ko’chasidagi 1 kilometr masofadagi yo’l ta’mirlangan hamda qolgan 2.5 kilometr yo’l qurilishi dasturi ishlab chiqolmoqda.

Ma’mura ERGASHOVA
Teleradio.uz sayti muxbiri

Comments are closed.