«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Mehnatkash uzunliklar

Qamashi tumani «Uzun» mahalla fuqarolar yig’ini 1992 — yilda tashkil topgan. Bu mahalla yo’llaridan Buyuk ipak yo’li o’tgani sababli «Uzun» nomi bilan saqlanib qolgan. Mahalla aholisi tomorqa va chorvadan daromad ko’radi. Aholi soni 2775 nafarni tashkil etadi. Mahallada 1 dona sartaroshxona, 1 ta go’zallik saloni va 6 ta savdo do’konlari mavjud.
Mahalla «Saxovat va ko’mak» harakatida 61 xonadonni 7 xil turdagi oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minladi. Homiy va tadbirkorlar esa karantin davrida chorvadan mol va qo’y so’yib aholiga tarqatishdi. Karantin davrida aholining ko’p qismi ishsiz qolgani sababli fuqarolar jamoatchilik ishlariga safarbar qilindi. 10 nafar xotin-qizlar hozirgi kunda obodonlashtirish ishida o’z vazifasini bajarib kelmoqda. Bolalar ta’lim olishi uchun mahallada bitta maktab qurilgan. Fuqarolarning aytishicha, maktab juda ham yaxshi jihozlangan, sportzal, oshxona va sinfxonalar barchasi o’z o’rnida. Mahalla raisi Bo’rijon Muhammadiyev 2019-yil may oyida bo’lib o’tgan saylovda saylangan, 1 yil davomida raislik faoliyatini sidqidildan bajarib kelmoqda. Rais Qozoq, Tom va Uzun ko’chalariga shag’al yotqizish ishlarini olib borgan. Va bitta elektrotransformator o’rnatgan.
Mahalla uchun Xalq banki o’z kreditlari va subsitsidiyalarini ajratgan. Aholiga kambag’allikdan chiqarish maqsadida 5000 tup pomidor, bulg’or qalampiri, bodring va karam nihollari berildi. Biz fuqarolarning tomorqadan foydalanayotganligini bilish maqsadida ularning uylariga ham kirdik. Boymamat aka Boyqobilov va uning kelini bilan birgalikda parvarishlayotgan bog’i hamda issiqxonalarning guvohi bo’ldik. O’z hisobidan 6 yildan beri tomorqasida kartoshka, pomidor, bodring, bulg’or qalampiri ekilgan. Bog’ida esa olma, limon, apelsin va mandarin yetishtiradi. Keyin esa Nurbek aka Rahmatov tomorqasiga yo’l oldik. Nurbek aka Mikrokreditbankdan kredit olib o’z issiqxonasini tashkil qilgan. Mahalla kotibining aytishi bo’yicha, aholining bo’sh vaqti yo’q. O’z hovlisida ozgina yeridan ham unumli foydalanadi.

Teleradio.uz sayti muxbiri
Abdurasulova Durdona

Comments are closed.