«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Mehnatidan baxtin topganlar

Bizning mehnatkash xalqimiz yilning to’rt faslida ham yerga urug’ qadab, nihol undirgan xalqdir.
Hozirgi pandemiya sharoitida ham uyda bekor o’tirmasdan o’z tomorqasida mehnat qilib, oila daromadiga qo’shimcha mablag` olib kelayotgan yurtdoshlarimiz talaygina.

Viloyatimizning Nishon tumani, Ulug’bek mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi fuqorolar ayni vaqtda, mahalla rahbari Hamida Sobirova boshchiligida, tomorqasini bo’sh qo’yganlari yo’q.
Yerning har bir qarichidan unumli foydalanib daromad olayotgan Zulfiya Xidirova xonadonida, ayni paytda 9 sotihli, tomorqasining 3 sotih qismiga issiqxona tashkil qilib, limon yetishtirmoqda. 2015-yili o’z mablag’lari hisobidan tashkil qilingan issiqxona, oila budjetiga qo’shimcha daromad olib kelayotgan tomorqadan, kelgusida qo’shimcha issiqxona tashkil qilib, oila a’zolarini bandligini ta`minlash niyatlari ham bor.

Otabek Ziyo,
«Teleradio.uz» sayti muxbiri

Comments are closed.