«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan mahalla

Qamashi tumani Samarqand mahalla fuqarolar yig’ini azaldan milliy qadriyatlar, ezgu amallar maskani bo’lgan. Mehr-oqibat ahllik va totuvlik ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, to’y tomosha hashar-u marakalarni ko’pchilik bilan bamaslahat o’tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo’lish kabi xalqimizga xos urf-odat hamda an’analar mahalla muhitida shakllangan. Qamashi tumani Samarqand MFYda 6104 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada ajrim masalasida turgan notinch oilalar ham mahalla nuroniylari, hamda xotin-qizlar masalalari bo’yicha rais o’rinbosari hamkorligida mahallaning o’zidayoq o’z yechimini topmoqda tinch oilalar qatoriga qo’shilmoqda. Mahalla asosan chorvachilik va dehqonchilikka ixtisoslashgan. Hududning ko’proq qismini lalmikor yerlar egallagan bo’lib tarvuz qovun hamda turli xildagi sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi.

Pandemiya paytida 56 nafar oilalar turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanib kelmoqda. Tomorqadan unumli foydalanish maqsadida ehtiyojmand oilalarga 50 ta pomidor, bulg’or qalampiri kabi turli xildagi nihollar uyma-uy yurub tarqatildi. 10 nafar fuqaromiz jamoatchilik asosida ish bilan ta’minlandi. Yolg’iz keksalar boquvchisini yo’qotgan oilalarga homiylarimiz tomonidan un, yog’, go’sht turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari beg’araz tarqatildi, – deydi Samarqand mahalla fuqarolar yig’ini raisi Baxriddin Doniyorov.

Teleradio.uz sayti muxbiri
Abdurasulova Durdona

Comments are closed.