«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Barcha sohalarda ilg’or bank xodimlari

Hozirgi tezkor rivojlanib borayotgan zamonda davlat iqtisodiyotining asosi bo’lmish tadbirkorlik subyektlarining faoliyat rivojida banklarning o’rni beqiyosdir. Aholiga mukammal xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, banklar oldiga qo’yilgan talablarning eng sarasiga kiradi. «Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun», degan tamoyilni jadallik bilan ilgari surayotgan banklardan biri Qarshi shahrida joylashgan Trastbank ATB hisoblanadi.

2019 yil sarhisobi bilan barcha ko’rsatkichlar bo’yicha eng na’munali bank deya e’tirof etilgan hamda faxrli 1-o’rinni egallagan ushbu bank 2013 yilda tashkil etilgan bo’lib, jami 72 nafar xodim fidoyilik bilan mehnat qilmoqda.

Barcha sohalarda ilg’or bo’lgan ushbu bank xodimlari mana bir necha yillardan buyon o’tkazilib kelinayotgan futbol chempionatlarida birinchilikni qo’ldan bermay kelishmoqda. Maxsus o’rindan joy olgan diplom va kuboglar shodasi ko’pligidan ko’zni qamashtiradi.

Aholiga kreditlar ajratish bo’yicha ham bu bank eng oldingilar qatorida. So’nggi 5 oylik davrda 19.5 milliard so’mlik kreditlar berib, mijozlarning ehtiyojlarini moliyaviy jihatdan qo’llab quvvatlagan. Shu davr mobaynida 63 ta yangi ish o’rni yaratilgan. 175 nafar tadbirkorlik subyektlari uchun ajratilgan mablag’larning umumiy qiymati 9 milliard so’mni tashkil etmoqda. Avtokredit hamda iste’mol kreditlarini oluvchi mijozlar soni ham yildan yilga oshib borayotganligi ham bank faoliyatiga bo’lgan ishonchdan dalolatdir.

Hozirgi karantin davrida mijozlarga qulaylik yaratish uchun onlayn mikroqarz xizmati joriy etildi. Bunda mijoz uydan chiqmagan holda Trastbank mobil ilovasi orqali atigi 2 daqiqa ichida 1 yil muddatga yillik 32 foiz stavkasi bilan 5 milliongacha bo’lgan pul mablag’iga ega bo’lishlari mumkin.

Bank faoliyatidagi ushbu yutuqlar, albatta, birinchisi ham oxirgisi ham emas. Keyingi istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlarda bank mutasaddilariga tahririyatimiz nomidan ulkan zafarlar tilaymiz.

Aziza Ravshanova
Teleradio.uz sayti muxbiri

Comments are closed.