«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

INSONLARNING QADR-QIMMATI KIYGAN KIYIMIGA BOG’LIQMI?

Yurtimizda barcha sohada mehnat qiluvchi ishchi xodimlarning mehnat muhofazasi va ularning qulay sharoitda ishlashlariga, tashkilot rahbarlari tomonidan sharoit yaratib berishlari ko’rsatib qo’yilgan, ammo, Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlariga emas, ular duch kelgan joyda soya-salqinda tushlik qilishlariga to’g’ri kelmoqda nega? Ular qilayotgan ishlar, ko’chalarning obod va ko’rkam bo’lishiga qo’shayotgan xissalari QADRLANMAYDIMI? bu insonlarning mehnatini kim mukofotlaydi? bunga faqat xizmat ko’rsatgan artistu yoki kastyum-shim kiygan, yaxshi joylarda ishlayotgan xodimlar loyiq ko’riladimi? ularchi-ularning haqi yo’qmi? Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari, ular ham, barcha soha vakillari kabi ertalab ishga ketib, kechga uyga qaytishadi, halol mehnat qilib rizqlarini topishadi, bu kabi misollar juda ko’p, bu savollarimizga G’uzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi rahbarlariga va Viloyatimizdagi barcha mutasaddilariga yo’llaymiz va javob kutib qolamiz.

                                                                                                                   Adham MAVLONOV teleradio.uz muxbiri

Comments are closed.