«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Venger «Barselona»ning hujum chizig‘i haqida gapirdi

«Arsenal» sobiq bosh murabbiy Arsen Venger «Barselona» hujum chizig‘i va jamoa forvardi Antuan Grizmann haqida fikr bildirdi.

«Barselona» doim yaxshi futbolchilarni sotib olgan. Shaxsan men Suaresning o‘rnini boshqa birov egallashi kerak, deb hisoblamayman. Ular yana  forvard sotib olishlari mumkin, chunki hujumkor o‘yinning asosiy ishtirokchilari bo‘lgan Suares va Messi hujumlarni yakunlaydigan boshqa birovga muhtoj bo‘lishlari mumkin. 

Men hali ham Antuan Grizmann ko‘plab gollar urishiga ishonaman. Shu paytgacha u to‘liq moslashmagandi, ehtimol, endi hammasi yaxshi bo‘ladi. Ammo «Barselona» yana bir forvard sotib olishiga ishonchim komil», – deb Vengerning so‘zlarini keltiradi Goal.

trinuna.uz

Comments are closed.