«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Sardoba» ofati oqibatida qishloq xo’jaligiga qanday zararyetdi?

AOKA huzuridagi shtabda o’tkazilgan brifingda Qishloq xo’jaligi vazirligi matbuot kotibi Nigora Xodjaeva “Sardoba” ofati oqibatida qishloq xo’jaligiga qanday zararyetgani bo’yicha ma’lumot berdi.

“Talofatni bartaraf etish bo’yicha 3 ta ishchi guruh tuzildi. Zarar ko’rgan maydonlarni tiklash uchun 421 ta texnika, 200 ta ko’chma nasos, 940 nafar ishchi kuchi jalb etildi. “Markaziy tarmoq”da 3,8 kilometr — 3 ta tumanda 9,5 km xo’jaliklararo kanallar to’liq tiklandi.

3 260 gektar chigit, 9 027 gektar dukkakli, 1 570 gektar sabzavot-poliz ekinlari qayta ekildi. 1 656 ga maydonning meliorativ holati yaxshilandi. Barcha tumanlarda qo’shimcha 4 253 gektar maydonga chigit ekildi.

Talofat ko’rgan g’o’za maydonlarining 2 054 gektar (21 foizi), g’alla maydonlarining 2 026 gektarida buzilmasdan agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qiloyatga  864 tonna o’g’it va  3,2 ming tonna fosforli o’g’ityetkazib berildi”, – deydi Nigora Xodjaeva.

effect.uz

Comments are closed.