«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Real» uy o‘yinlarini «Atletiko» stadionida o‘tkazmaydi

«Real» La Ligada qolgan o‘yinlarini «Atletiko» stadionida o‘tkazmaydi. 

«Qaymoqranglilar» stadioni «Santyago Bernabeu» qayta ta’mirlanmoqda. Klub qolgan 6ta bahsini Valdebasdagi «Estadio Alfredo Di Stefano»da o‘tkazmoqchi.

Chempionat o‘yinlari muxlislarsiz o‘tishi ma’lum bo‘lgach, «matraschilar» prezidenti Enrike Sereso qo‘shnilarini «Vanda Metropolitano»da o‘ynashga taklif qilgan edi. 

ESPN’ning yozishicha, «Real» bunday imkoniyatini ko‘rib  chiqmaydi va taklifni rad etadi.

«Qirollik klubi» «Santyago»ga sentyabr-oktbyar oylarida qaytishni rejalashtirgan.

tribuna.uz

Comments are closed.