«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Misr terma jamoasi sobiq ustozi Muhammad Salohning qay tariqa eng yaxshi futbolchilardan biriga aylangani sababini aytdi

Misr terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Bob Bredli “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Saloh men Misr terma jamoasi boshqaruvini tark etganimdan keyin sezilardi o‘sishga erishdi.

Unga o‘z salohiyatini o‘stirish uchun Lionel Messining o‘yinini diqqat bilan kuzatishni aytardim. Muhammad mening maslahatimga quloq tutdi.

O‘sha vaqtda uning pozitsiyasini o‘zgartirishga intildim va hujum ortiga qo‘ydim, sababi unda tezlik bor. Hozirda u dunyoning eng kuchli o‘yinchilaridan biri”, — deydi Bredli.

Bob Bredli 2011—2013-yillar mobaynida Misr terma jamoasini boshqarib borgan.

Saloh Angliya Premyer Ligasi joriy mavsumida 26 o‘yin o‘tkazib, 16 gol va 6 ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

daryo.uz

Comments are closed.