«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Lebyof Kulibaliga «MYU»ga emas, APLning boshqa klubiga o‘tishni maslahat berdi

Fransiya milliy jamoasi bilan  jahon chempioni bo‘lgan sobiq himoyachi Frank Lebyof «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibalining kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Men hech qachon Kulibaliga «Yunayted»ga o‘tishni maslahat bermayman. Men uning muvaffaqiyat qozonishini istayman, ammo «MYU» hozir sovrin yutadigan klub emas. 

Kalidu «Liverpul»ga mos keladi, u van Deyk bilan o‘ynashi mumkin. Yana bir yaxshi variant – Markinos o‘ynaydigan «PSJ». «Chelsi» ham Kulibalini zo‘ safiga qo‘shib olishga qarshi bo‘lmaydi. 

Eng yaxshi variant – «Liverpul». U van Deyk bilan eng yaxshi duetga aylanadi», – deb Lebyofning so‘zlarini keltiradi ESPN.

tribuna.uz

Comments are closed.