«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Koronavirus bo’yicha xavfsizlik reytingi e’lon qilindi, O’zbekiston nechinchi o’rinda?

O’zbekiston koronavirus bo’yicha xavfsizlik reytingida 121 o’rinni egalladi. Bu haqda Koronavirus Info Telegram kanali xabar qilmoqda.

Reytingga 200 ta davlat kiritilgan. Ushbu reyting 130 ta sifat va miqdor ko’rsatkichlari hamda 11400 dan ko’proq band bo’yicha tuzilgan.

Unda davlatlar kiritgan karantin choralari samaradorligi, ular olib borayotgan monitoring, tashxislash, sog’liqni saqlash tizimi tayyorligi va boshqa omillar hisobga olingan.

SharqiyYevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida O’zbekiston 10-o’rinni, umumiy reytingda esa 121-o’rinni egallagan. Qo’shni davlatlardan Qozog’iston 71-o’rinni, Qirg’iziston 108-o’rinni, Tojikiston 124-o’rinni va Turkmaniston 131-o’rinda.

effect.uz

Comments are closed.