«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Chiroqchi tumani: ishbilarmon ayollar

Chiroqchi mahalla fuqarolar yig’ini — raisi Berdiqulova Momosuluv O’rolovna juda ham xushmuomila ayol bo’lish bilan bir qatorda deputat, tadbirkor va ishbilarmondir ham. Mahallada 3156nafar aholi istiqomat qiladigan bo’lsa, xonadonlar soni 530ta. Aholining ko’pchilik qismi tadbirkorlikka ixtisoslashgan. Bunga misol qilib keltirsak, Momosuluv opa sa’y-harakatlari bilan 2019-yil 40metr asfalt yotqizildi va fabrika ishga tushurildi. Fabrika 200dan ziyod xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. 2016-yildan beri raislik faoliyatlaridan buyon fuqarolar bilan astoydil ishlab kelmoqda. Mahalla fuqarolari ham ulardan minnatdor. Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Gulmira Xushvaqtova har bir mahalladagi ayollar bilan birdamlikda faoliyat olib borishadi. Shuning uchun ham ajrimlar soni 2019-yil 1nafarni, hozirgacha hali ajrim qayd etilmagan. Mahallada 15ta issiqxona mavjud bo’lib, ularda limon, bodiring, pomidor yetishtirilgan. Momosuluv opa va kotibi Shomurod Maxmatqulov ularni ish faoliyatini muntazam kuzatib va ularga kerakli tavsiyalarni berib borishadi. Mahalla faollari bilan Husayinovlar oilasida bo’ldik. Ularning issiqxonasida yetishtirayotgan limon va pomidorni shirin hosilga kirganini ko’rdik.

Mohibonu EGAMOVA
Ma’mura ERGAShOV

Comments are closed.