«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Яккабоғда овда отиб қўйилган 20 ёшли қизнинг аҳволи ҳақида маълумот берилди

Oltin boshoq mahalla fuqarolar yig’ini raisi Murodov Vahobiddin Raxmonovich bo’lib, ushbu mahallada 2017-yildan buyon raislik qilib kelmoqdalar. Mahallada 3800ta aholi, 630ta xo’jalik va 862ta oila istiqomat qiladi. Aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi. Oltin boshoq mahallasida 35ta issiqxona bo’lib, ulardan 32tasi xususiy, 3tasi davlarniki ekan. Unda limon, bodiring, pomidor, ko’katlar yetishtirishadi. Saxovat va ko’mak 36ta xonadonga oziq-ovqat bilan ta’minlandi. 14nafar fuqaroni ishga joylashtirildi. Undan tashqari 4ta jamoatchilik ishiga safarbar etildi. Mahallada 19ta kamta’minlangan oilalar kredit olib, unda chorvachilik, parandachilik, issiqxona bilan shug’ullanishadi. Vahobiddin aka va kotiblari Berdimurod Ziyodov mahalla faollari va hokimiyat bilan birgalikda 1nafar uysiz fuqaroga uy qurdirib berishgan. Karantin vaqtida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida hokimiyat tomonidan yer ajratilib, ularga davlat tomonidan kreditni garovsiz berishmoqda. Unda aholi tokzorchilik va bodom yetishtirishadi. Mahalla raisi va kotibi fuqarolarning har biri bilan chin yurakdan ish olib borishini guvohi bo’ldik. Ulardan saxovatpesha tadbirkorlar bo’lib, shunday bir og’ir kunlarda o’z mahalladoshlarini qo’llab-quvvatlab, 3oy davomida ularni oziq-ovqat bilan ta’minlab kelishmoqda. Bu mahalladagi fuqarolarni bir-biriga bo’lgan mehr-oqibati, insoniylik hislatlari mahallada tinchlik, osuyishtalikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Mohibonu EGAMOVA
Ma’mura ERGAShOV

Comments are closed.