«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Kecha O‘zbekistonda koronavirus aniqlanishi bo‘yicha rekord qayd etildi

Kecha, 7 iyun sanasida O‘zbekistonda rekord darajada ko‘p koronavirusga chalinganlar aniqlandi. Kun davomida 237 kishida virus topilgani xabar qilingan (Karantin markazida – 20, Toshkent shahrida – 195, Toshkent viloyatida – 10, Xorazm viloyatida – 8, Sirdaryo viloyatida – 4).

Dastlab ertalabki soat 10:00da 87 kishida kasalliq aniqlangani xabar qilindi. E’tiborli tomoni, yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida qayd etilgan edi.

18:00 holatiga ko‘ra esa yana 121 kishida virus topilgani aytildi. Yangi kasallanish holatlarining 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 98 nafar Toshkent shahrida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida va yaona 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida qayd etilgan.

Tungi soat 23:00 holatiga ko‘ra esa O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4331 (+29) nafarni tashkil etdi.

Bu safar kasallanish holatlarining 7 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahri hamda 8 nafari Xorazm viloyatida aholi orasida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida va yana 2 nafari Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Shu bilan birga kecha kun davomida 86 bemor to‘liq sog‘ayib ketgani ham ma’lum qilingan va kasaldan tuzalganlarning umumiy sona 3354 nafarga yetdi. Hozirda yurtimizda 960 bemor koronavirusdan davolanmoqda.

Shu kungacha jami 441 618 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 396 349 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 23 362 nafar, statsionar karantinda esa 21 907 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

xabar.uz

Comments are closed.