«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Gundo‘g‘an APLning bu mavsumida van Deykdan keyingi eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchini aytdi

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an shaharliklar qiziqayotgan «Lester» himoyachisi Chag‘lar Suyunchi haqida fikr bildirdi.

«Futbol jamoatchiligi fikriga qo‘shilaman. Bu mavsumda Suyunchi Premer-ligada, van Deykni inobatga olmasa, eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchidir. Men uni oldin bilmagan edim. Bir-birimizga qarshi o‘ynaganimizda uchrashdik. APL o‘yinlaridan tashqari, Angliya Kubogida ham «Lester» bilan to‘qnashdik. 

U yaxshi yigit. Futbolni juda yaxshi tushunadi. Turkiya milliy jamoasi uchun ham, «Lester» uchun ham o‘ynaydi», – deb Gundo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi Fanatik.

Bu mavsumda 24 yoshli Suyunchi Premer-ligada 28ta bahsda maydonga tushib, 1ta gol va xuddi shuncha assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

tribuna.uz

Comments are closed.