«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qatarda JCh—2022 uchun mo‘ljallangan uchinchi stadion qurib bitkazildi. Arena 15-iyun kuni rasmiy ravishda ochiladi (foto)

Loyihalar va meroslar bo‘yicha Qatar Oliy qo‘mitasi 4-iyun kuni 2022-yilgi Jahon chempionati uchun qurilgan “Eduсation Сity Stadium” stadioni belgilangan muddatda qurib bitkazilganligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Gulf Times.

Ar-Rayyandagi stadion Dohadagi “Xalifa” arenasi muvaffaqiyatli rekonstruksiya qilingandan va Al-Vakradagi “Al-Janub” stadionining ochilishidan keyingi uchinchi joydir. Stadion o‘z bag‘riga 45 350 nafar muxlisni sig‘dira oladi. “Education City stadium” universitet shaharchasining markaziga aylanishi kutilmoqda.

Stadion 15-iyun kuni koronavirus pandemiyasi paytida ishchilarning hissasini ifodalash uchun jonli dastur bilan ochib beriladi.

Foto: Twitter
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Tashkiliy qo‘mitaning ta’kidlashicha, JCh—2022 uchun arenalarni tayyorlash ishlari belgilangan muddatdan ilgarilab ketmoqda. Yana uchta stadionning 2020-yil oxiriga qadar qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Qolgan arenalar ham mundial boshlanishiga qadar tayyor bo‘lishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022-yilgi Jahon Chempionati o‘yinlari noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

daryo.uz

Comments are closed.