«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Brunu Fernandesh: «MYU»ga o‘tish imkoniyati borligini aytishganda yig‘lab yuborgandim»

Yarimhimoyachi Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted»ga o‘tishini esladi.

«Rostini aytsam, qo‘rqdim. Orzuyim ushaldi. Juda katta orzu. Angliyada va «Manchester Yunayted»da o‘ynash – faoliyatimdagi eng yuqori cho‘qqi. Dunyoning eng kuchli jamoalaridan birida Premer-ligada o‘ynayapman. 

Taklif bo‘lganda rafiqam, ukam, singlim va onam bilan gaplashdim. Ular «Brunu, senda «MYU»ga o‘tish imkoniyati bor» deyishganda yig‘lab yubordim. Ammo bu baxtdan edi.

Orzuga ergashish uchun uni ikkala qo‘lingiz bilan ushlashingiz kerak. Oilam boshidanoq futbolchi bo‘lishni istashimni bilishardi. Ular orzuyim «MYU»da va APLda o‘ynash ekanligini bilishgan», – deydi portugal «instagram»dagi sahifasida.

tribuna.uz

Comments are closed.