«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Bir qator Yevropa davlatlari o’zaro chegaralarni ochishmoqda

Chexiya, Avstriya va Vengriya davlatlari o’rtasidagi chegaralar fuqarolarning erkin harakati uchun juma kuni mahalliy vaqt bilan 12.00 da ochilishi aytilgan. Slovakiya payshanba kuni ushbu mamlakatlar uchun o’z chegaralarini ochdi. Germaniya bilan muzokaralar davom etmoqda, deya xabar beradi Chexiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Tomasz Petrshichek.

«Chexiya hukumatining navbatdan tashqari majlisida Avstriya va Vengriya bilan tenglik asosida chegaralarni ochish to’g’risida qaror qabul qilindi. Slovakiya bilan bu qaror payshanba kuni kuchga kirgan edi. Germaniya hukumati bilan muzokaralar davom etmoqda va nemis fuqarolari uchun hali ham avvalgi shartlar mavjud», – dedi Petrshichek.

Vazirning so’zlariga ko’ra, Germaniya hukumati barcha qo’shnilari bilan chegaralarni ochishni muvofiqlashtirishni xohlaydi. Shu bilan birga, Chexiya fuqarolari, masalan, qo’shni mamlakatda ishlash, shifokor yoki savdo muzokaralarini olib borish uchun Germaniya federasiyasiga tashrif buyurishlari mumkin.

effect.uz

Comments are closed.