«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“Yashil” hududlarda masjidlarga ruxsat beriladi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, 2020 yil 5 iyundan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

“Yashil” hududlarda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat beriladi. 

Bunda diniy tashkilotlar binolarining doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shu jumladan namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda), shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37*S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko‘rish, jamoaviy diniy marosimlar (juma namozi va boshqalar)ni o‘tkazmaslik talab etiladi.

sof.uz

Comments are closed.