«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Boateng: «Maktablarda matematika, ingliz tili va tarix o‘qitiladi. Nega irqchilik haqida fan yo‘q?»

«Beshiktosh»da ijarada o‘ynayotgan «Fiorentina» yarimhimoyachisi Kevin-Prins Boateng maktablarda irqchilikka qarshi kurash haqida darslar joriy etilishi kerak deb hisoblaydi. 

«Irqchilik kabi narsalar faqat odamlarni xafa qilish uchun mavjud. Ular johillik tufayli buni tushunmaydilar. Biz buni imkon qadar sodda tushuntirishimiz kerak.

Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashimiz kerak. Irqchilik – katta muammo. Maktablarda matematika, ingliz tili, tarix fanlari mavjud. Nega irqchilik haqida fan yo‘q? Bolalarga barchamiz bir xil ekanligimizni tushuntiring. Balki, bir kun hamma tushunadi», – deb Boatengning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

tribuna.uz

Comments are closed.