«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Yakkabog’ tumani: Darhon mahallasining ming dardga davo papayalari

Yakkabog’ tumani Darhon MFY zahmatkashlari ham bir parcha yeri bo’lsada undan unumli foydalanib kelmoqda. Mahalla raisi Berdiyev Toshkand Ochilovich 2019-yil 20-maydan beri o’z faoliyatini olib bormoqda.

Yerdan unumli foydalanish ro’zg’orning butligi to’kin sochinlikka asos bo’ladi. Ota- bobolarimiz bir qarich yerdan ham unumli foydalanishga bog’-rog’lar yaratishga katta e’tibor qaratishmoqda. Ayni paytda Darhon MFY aholisi issiqxonalarda bodring, pomidor, apelsin, mandarin, aslida faqatgina oziq-ovqat maxsuloti yetishtiribgina qolmay inson salomatligi uchun ham foydali bo’lgan papaya o’simligini ham yetishtirishmoqda.

Mahallada 1981 xo’jalik, 9808 nafar aholi yashaydi. Shu aholining 1680tasida o’z tomorqasi bor. Bandlikni ta’minlash maqsadida bu mahallada ham 2 nafar ayol va 4 nafar erkak jamoatchilikka qo’shilgan. Mahallani ko’rkiga yanayam ko’rk qo’shish maqsadida aholiga 4300ta manzarali daraxt va 5400ta mevali daraxtlar tarqatildi. Barchamizga ma’lumki, muxtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish butun dunyo xalqlari qatorida yurtimiz aholisini ham tashvishga solayotgan bu ofatdan oilamizni, o’zimizni va mahallamizni saqlash uchun chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu borada zaxmatkash dehqonlarimiz tomonidan bugungi kunga qadar mavjud noqulayliklarga qaramasdan maxsulotlarni xalqimizga yetkazib bermoqda. Tomorqa har bir oilaning bamisoli xazina manbayi. Serhosil yerimiz daromad olishga tomorqamiz bor ekan, doimo undan unumli foydalanish xonadonlarimizni obod yashash sharoitimizni munosib xolatga keltirish uchun xarakat qilaylik.

Comments are closed.