«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Nyukasl» himoyachisi: «Bobom AQSHda yashamasligimdan xursand»

«Nyukasl»ning amerikalik himoyachisi Deanre Yedlin AQSHda politsiyachi tomonidan qoratanli fuqaro Jorj Floydning o‘ldirilgani va undan so‘ng bo‘layotgan noroziliklar haqida gapirdi.

«Jorj Floydning o‘limidan bir necha kun o‘tgach, bobom menga AQSHda yashamyotganimdan xursandligini yozdi. Chunki qoratanli odam bo‘lganimiz uchun  mening hayotimdan xavotirlanardi. Kunlar o‘tdi, ammo Floydning o‘limi haqidagi xabar hanuz miyamda.

Bobom 1946 yili tug‘ilgan, fuqarolik huquqlaridan mahrum bo‘lgan, AQSH tarixidagi dahshatli irqchilik harakatlaridan omon qolgan. 70 yildan so‘ng ham vaziyat o‘zgarmagani uchun endi nabirasidan tashvishda.

Biz qoratanli fuqarolarning hayotini oqtanlilardan yuqori qo‘yishni istamaymiz. Shunchaki teng bo‘lishni so‘raymiz. 

Chin ko‘ngildan Jorj Floydning onasiga va politsiyaning shafqatsizligidan jabrlangan son-sanoqsiz qurbonlarga hamdardlik bildiraman», – deb yozadi Yedlin «tvitter»dagi sahifasida.

tribuna.uz

Comments are closed.