«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Ronaldo o‘zi yoqtiradigan 5 futbolchi haqida gapirdi

«Real» klubi va Braziliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo qaysi futbolchilarning o‘yinini yoqtirishini aytdi. «So‘yloq» ro‘yxatga  «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni kiritmadi.  

«Messi – eng zo‘ri. Bunday iste’dodlar 20-30 yilda bir paydo bo‘ladi. Shuningdek, menga Azar, Neymar va Saloh ham yoqadi. 

Yana Mbappening o‘yinlarini kuzatishni yoqtiraman. Aytishlaricha, u menga o‘xshaydi. U tezkor va imkoniyatlardan unumli foydalanadi. Kilian ajoyib harakat qilmoqda va ikkala oyog‘i bilan ham yaxshi o‘ynaydi», – deb Ronaldoning so‘zlarini keltiradi AS.

tribuna.uz

Comments are closed.