«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Manchester Siti» futbolchisining uyiga o’g’ri tushdi

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Riyod Mahrezning kvartirasi talon-taroj qilindi.

O’g’rilar, futbolchi uyda bo’lmagan paytda, Manchesterning markazidagi pentxausga o’g’irlikka tushishdi, deb xabar beradi The Sun.Yetkazilgan zarar 500 ming funtdan ko’proqni tashkil qiladi.

Jinoyatchilar qimmat soatlar – Richard Mill (230 ming funt), Rolex Dayton (40 ming funt) va Rolex Day Date (35 ming) ni o’g’irlagan.

O’g’rilar shuningdek, 50 ming funt sterling naqshli bilak uzuklarni va 150 ming funtga baholanadigan nodir futbolkalar to’plamini o’marib ketishgan.

effect.uz

Comments are closed.