«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Arsenal» Obameyangni qoldirish uchun yana bir taklif berdi

Londonning «Arsenal» klubi yozgi transfer oynasida jamoa safini tark etmoqchi bo‘layotgan hujumchi Per-Emerik Obameyangni o‘z safida saqlab qolishga intilmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Nikola Skira xabar berdi.

Manbaning yozishicha, Obameyangning o‘zini transferga qo‘yishni so‘raganiga qaramay, «Arsenal» rahbariyati gabonlik forvardni o‘z safida olib qolish uchun unga 2023 yilgacha mo‘ljallangan yillik 12 million yevro miqdoridagi maoshni taklif qilgan. Futbolchi hozircha yangi shartnoma bo‘yicha javob qaytargani yo‘q. 

Obameyangning amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha imzolangan bo‘lib, yillik 10 million yevro maosh olmoqda. Oldinroq, 30 yoshli hujumchiga «Chelsi», «Inter» va «Real» klublari qiziqish bildirgandi.

Ma’lumot uchun, Obameyang joriy mavsumda klubi safida jami 32 o‘yinda 20ta golga mualliflik qilgan. Transfermarkt’ga ko‘ra, futbolchining transfer bahosi 50 million funtni tashkil etadi.

tribuna.uz

Comments are closed.