«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Barselona» sobiq prezidenti Messidan keyingi eng yaxshi futbolchini aytdi

«Barselona» sobiq prezidenti Sandro Rosel hozirgi rahbariyat o‘rnida bo‘lganida klubning transfer siyosati qanday ko‘rinish olishi haqida gapirdi.

«Hozir ham «Barselona»ning rahbari bo‘lganimda Lautaro uchun 111 million yevro taklif qilmasdim. Bor e’tiborimni Neymarni «PSJ»dan qaytarishga qaratgan bo‘lardim. U Messidan keyingi jahonning eng yaxshi futbolchisi. Neymar klub o‘yiniga juda yaxshi moslashgan bo‘lardi», — deya Sandro Roselning so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Ma’lumot uchun, Rosel 2017 yilda korrupsiyada ayblanib, qamoqqa olingan edi. 643 kunlik jazo muddatidan keyin 2019 yilda oqlanib, ozodlikka chiqarilgandi.

tribuna.uz

Comments are closed.