«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Toshkentda aholi orasida yetti kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanganlar soni 3396 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 28-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 27 kishiga ko‘payib, 3396 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabar berishlaricha, yangi kasallanish holatlarining 16 tasi Karantin markazidagi fuqarolar orasidan, ikkitasi xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilarida, qolgan to‘qqiztasi esa aholi orasidan aniqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, aholi orasidagi kasallanish holatlari Toshkent shahrida (yetti kishi), Samarqand viloyatida (bir kishi) va Toshkent viloyatida (bir kishi) qayd etilgan.

28-may soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 714 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda. Qayd etishlaricha, ulardan bir nafari o‘ta og‘ir ahvolda, uch nafari esa og‘ir ahvolda.

Ma’lumot uchun, shu kungacha bemorlarning 2668 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan, 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

daryo.uz

Comments are closed.