«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Bundesliganing eng tezkor futbolchilari o‘nligi ma’lum qilindi

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Ashraf Hakimi Germaniya Bundesligasining eng tezkor futbolchisi deb topildi, deya yozmoqda Goal.

21 yoshli futbolchining dastlabki rekordi joriy mavsumning 16-turi doirasidagi «Leypsig»ga karshi (3:3) o‘yinda 36,20 km/soatni tashkil etgan bo‘lsa, 20-turdagi «Union Berlin» (5:0) bilan o‘yinda maksimal tezligi 36,49 km/soatni ko‘rsatdi. Bu Hakimining shaxsiy rekordi sanaladi. Shuningdek, Bundesliganing statistika yuritilayotgan 2011 yildan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich sanaladi.

Bundesligada 2011 yildan buyon qayd etilgan eng yuqori tezliklar (top-10):

1) Ashraf Hakimi (36,49 km/s)
2) Rabbi Matondo (35,97 km/s)
3) Kingsli Exizibu (35,85 km/s)
4) Kingsli Koman (35,66 km/s)
5) Jerri Sen-Jyust (35,60 km/s)
6) Fabian Jonson (35,50 km/s)
7) Per-Emerik Obameyang (35,44 km /s)
8) Sheraldo Bekker (35,43 km/s)
9) Lukas Klyunter (35,40 km/s)
10) Artyom Rudnev (35,39 km/s).

tribuna.uz

Comments are closed.