«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Abdulla Aripov MDH Hukumat rahbarlari kengashining majlisida rais bo’ladi

Ertaga, 29 may kuni O’zbekiston Respublikasi raisligi doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi ishtirokchi davlatlari Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi videoanjuman shaklida bo’lib o’tadi.

Majlis O’zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o’tadi. Tadbirda Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas, Qozog’iston Bosh vaziri Asqar Mamin, Moldova Bosh vaziri Ion Kik, Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Armaniston Bosh vaziri o’rinbosari Mger Grigoryan, Qirg’iziston Bosh vaziri o’rinbosari Erkin Asrandiev, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o’rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va MDH Ijroiya qo’mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etishi kutilmoqda.

Hukumat rahbarlari kengashi majlisi kun tartibiga Hamdo’stlik ishtirokchi davlatlarining turli jabhalardagi hamkorligiga oid 15 ta masala kiritilgan.

Muzokaralar chog’ida iqtisodiy, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning dolzarb yo’nalishlari yuzasidan fikr almashiniladi hamda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi birgalikdagi sa’y-harakatlar muhokama qilinadi.

effect.uz

Comments are closed.