«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Yana 22 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi – O‘zbekiston

2020 yil 27 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3355 (+22) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Toshkent shahrida, yana 4 nafari Toshkent viloyatida,  2 nafari Karantin markazida, qolgan 11 nafari ham karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Jami kasallanganlarning 16 nafari xorijdan kirib kelgan fuqarolarda, qolgan 6 nafari esa yurtimizda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2659 (+23) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. 

sof.uz

Comments are closed.