«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Varan «Real»ning La Ligaga tayyorgarligi haqida gapirdi

«Real» himoyachisi Rafael Varan 11 iyundan qayta tiklanadigan Ispaniya chempionatiga jamoa qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida gapirdi.

«Biz chindan o‘ynashni xohlaymiz. Bu – bizning ishimiz, hayot tarzimiz. Doim raqobatlashishni istaymiz. Anchadan beri o‘ynaganimiz yo‘q, shuning uchun oldindagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishni xohlaymiz.

Kundan kunga kuchaymoqdamiz. Jismoniy tomondan ko‘p ishlayapmiz, taktik jihatdan yaxshilanyapmiz», – deb Varanning so‘zlarini keltiradi Marca.

Ma’lumot uchun, «Real» La Liga turnir jadvalida peshqadam «Barselona»dan 1 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda.

tribuna.uz

Comments are closed.