«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Sotilgan uyiga da’vogarlik qilayotgan singillar. Qonun kim tarafda?

Tahririyatimizga Shayxali qo’rg’onchasi Ko’chazor ko’chasi 2/3 uyda yashovchi Xayitova Qurbonoy opa tomonidan murojaat kelib tushgandi.

Ijodiy guruhimiz bilan murojaat yuzasidan Shayxali qo’rg’onchasida bo’lganimizda 20 yil avval Xayitova Qurbonoy qo’shnisi uyini sotayotganini eshitib o’g’li Xayitov Bahodirga olib bermoqchi bo’ladi. Ikki tomonning kelishuvi bilan uy 750 000 so’mga baholanadi. Hayitov Bahodir kerakli pulni olib, «Ravshan» fermasida bugxalter bo’lib ishlovchi Temurov Sirojiddin guvohligida Jumayev Maratga 750 000 so’m beradi va Jumayev Maratdan uyini sotib olganligi haqida tilxat yozdirib oladi. Bu xonadon mulk xususi asosida Jumayev Maratning otasi Jumayev Ashurning nomida bo’lgan. Sobiq uy egalari uyni sotib boshqa joyga ko’chib ketishadi.

Oradan biroz vaqt o’tib Marat Jumayev tasodifan vafot etadi. Marat Jumayevning rafiqasi hozirda ikkinchi turmushi bilan Surxandaryo viloyatida istiqomat qilmoqda. U kishi bizga bo’lgan voqealarni batafsil o’rtoqlashdi. E’tiboringizga u kishi bilan bo’lgan telesuhbatni havola etamiz.

Mas’ullardan javob kutib qolamiz

Ma’mura ERGASHOVA
Mohibonu EGAMOVA
Abdu Malik MURTAZOYEV

Comments are closed.