«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Angliyaning eng manfur klublari reytingi tuzildi

English Football Statistician portali Angliyaning eng manfur klublari reytingini tuzdi.

Ro‘yxatni shakllantirishda u yoki bu klub sha’niga qaratilgan haqoratli qichqiriq va qo‘shiqlar soni inobatga olindi.

Reytingning 1-pog‘onasiga «Lids» klubi loyiq ko‘rildi. Yuqori uchlikdan «Liverpul» va «Tottenhem» ham joy oldi.

Top-10 Angliyaning eng manfur klublari:
1. «Lids» – 117ta qichqiriq;
2. «Liverpul» – 50;
3. «Tottenhem» – 42;
4. «Manchester Siti» – 39;
5. «Sanderlend» – 35;
6. «Manchester Yunayted» – 34;
7. «Nyukasl» – 33;
8. «Chelsi» – 29;
9. «Birmingem» – 25;
10. «Arsenal» – 21.

«Lids» klubi ayni paytda Angliyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan Chempionshipda ishtirok etyapti. Jamoa o‘z tarixida 3 marta Angliya chempioni bo‘lgan va 1 marta mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan.

tribuna.uz

Comments are closed.