«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Manchester Siti» Sane o‘rniga boshqa futbolchini topdi

«Manchester Siti» klubi yarimhimoyachi Leroy Sane bilan xayrlashishi mumkin.

Daily Mail xabariga ko‘ra, «shaharliklar» «Bavariya»ga o‘tib ketishi kutilayotgan yosh iqtidor o‘rniga boshqa futbolchini olishni ko‘zlamoqda.

«Manchester Siti» yozda «Bayer» hujumchisi Leon Beyli transferini amalga oshirishga urinib ko‘radi. Agar bitim amalga oshsa, yamaykalik futbolchi Sane o‘rnini bosishi mumkin.

Leroy 2016 yildan beri «Siti» sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsumda futbolchi jarohati tufayli barcha musobaqalarda atigi 2ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer qiymati 80 mln yevroga baholanyapti.

Beyli 2017 yildan beri «Bayer» tarkibida o‘ynayapti. Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 24ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan. Uning transfer qiymati 30 mln yevroga baholanyapti.

tribuna.uz

Comments are closed.