«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

iPhone «operativka»sini tezda tozalashning eng oson yo‘li topildi! (+video)

Apple o‘z smartfonlarida tezkor xotirani tozalash shart emasligini, bu ishni kerakli paytda tizim avtomatik ravishda qilishini ta’kidlaydi. Biroq foydalanuvchilar ayfon «operativka»sini o‘zlari istagan paytda tozalashni ma’qul ko‘rishadi.

Ma’lum bo‘lishicha, standart «Kamera» ilovasini o‘chirib-yoqqanda iPhone tezkor xotirasi avtomatik ravishda tozalanar ekan. Bu usuldan foydalanish uchun shunchaki «Kamera»ni ochish, keyin esa uni ochiq turgan ilovalar menyusidan o‘chirish kifoya!

Tezkor xotiraning bu usulda tozalanishini iReviews nikli videobloger sinab ko‘rib, tajriba videosini e’lon qilgan:

Guvohi bo‘layotganingizdek, vloger «Kamera»ni ochib, butunlay o‘chirganida tezkor xotiradagi bo‘sh joy hajmi keskin oshgan. Demak, siz ham sinab ko‘ring va bu usuldan yaqinlaringiz ham boxabar bo‘lishlari uchun ularga mazkur xabarni tavsiya eting!

terabayt.uz

Comments are closed.